Skip to main content Skip to search

Posts by Bobur

турецкая пахлава рецепт с фото

Turk paxlavasi tayyorlash

Turk paxlavasi – asal va xamirdan tayyorlanadigan va juda mashxur bo’lgan pishiriqdir. Paxlavani yupqa bo’lgan xamir qavatlaridan tayyorlashadi, unga yog’ surtib ustma ust joylashtirishadi. Odatda, uni ichiga ziravorlar bilan aralishtirlgan va maydalangan yong’oq, asal yoki shakar siropini solishadi. Paxlavani turli shakllarda pishirish mumkin: to’rtburchak, dumaloq yoki kvadrat. Paxlava tayyorlanishi uchun ko’p vaqt talab qilinadi, lekin ajoyib ma’zaga ega bo’lishi uchun xarakat qilinishiga arziydi.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Paxlava uchun masalliqlar
Bug’doy uni4 stakan
 
Sut1 choy qoshiq
 
Tuxum4 dona
 
Tuzta’bga ko’ra
 
Eritilgan aralashmali o’simlik yog’i150 gr.
 
Xamirturush20 gr.
 
Yong’oq3 stakan
 
Shakar pudrasi2 stakan
 
Vanilinbir chimdim
 
Shafranbir chimdim
 

PAXLAVANI TAYYORLASH JARAYONI


      1. Sut isitiladi. Xamirturush aralashtirib eritiladi va 2 dona tuxum, eritilgan aralashmali o’simlik yog’ining yarmi, tuz va shafran qo’shiladi. Hamma massallig’larni yaxshilab aralashtirib, un solinadi va xamir qoriladi. Bir yoki bir yarim soatga qo’yib qo’yiladi. So’ng, xamir 12 bo’lakga bo’linadi, 2 bo’lagi qolganlaridan kattaroq bo’lishi kerak.
      2. Yong’oqlarni go’sht maydalagichdan o’tkazib, stakandagi shakar kukuni, vanilin va shafran bilan aralashtiriladi.
      3. Katta bo’laklarni birin iyarim millimeter qalinlikga yoyib, baland tovaga qo’yish kerak va ustiga eritilgan aralashmali o’simlik yog’i surtish kerak. Yanabir bo’lak xamirni ham yoyib, eritilgan aralashmali o’simlik yog’i surtib, ustiga 3-4 millimetr to’lgazgich bilan qo’yib chiqish kerak, va so’nggi xamirgacha shu harakatni qaytarish kerak bo’ladi. Ikkinchi kattaroq xamir oxirida eng ustiga qo’yilishi kerak bo’ladi.
      4. So’ng, paxlavani 10×4 smga ega bo’lgan romb shaklida kesib chiqish kerak bo’ladi. Ularning xar birini o’rtasiga tuxum sarig’ini surtish va yong’oq yoki bodom qo’yib chiqish kerak. 40-45 daqiqa mobaynida 180-200 daraja bo’lgan haroratda pishirish lozim. Bu vaqtda bir stakan qaynoq suv va 1 stakan shakar kukunidan sirop tayyorlab olinadi. Qaynoq siropni tayyor bo’lan paxlavani ustiga qo’yish kerak va o’choqga yana 7 daqiqaga qo’yish kerak.
Read more
Панкейки на молоке рецепт

Sutda qorilgan pankeyk retsepti

Sutda qorilgan pankeyk — ajoyib ta’mga ega pishiriqlar, nonushta uchun ajoyib tanlov. Sut bilan pishiriladigan pankeyklar AQSH va Kanada davlatlarida juda mashhurdir. Pankeyklar sut, yog’ va tuxum asosida tayyorlangan suyuq xamirdan pishiriladi. Bu blinchiklarni tayyorlash uchun yog’ surutilgan tovadan foydalanishadi. Pankeyklarni ichiga murabbo, shokolad yoki mevalar solib pishirishingiz mumin, yoki uni to’yimliroq bo’lishini istasangiz, go’sht yoki pishloq solishingiz ham mumkin.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Pankeyk uchun masalliqlar
Sut2 stakan
Bug’doy uni2 stakan
Shakar2 osh qoshiq
Tuxum2 dona
Eritilgan aralashmali o’simlik yog’i100 gr.
Tuz1/4 choy qoshiq
Pishiriq kukuni (razrixlitel)2 choy qoshiq


PANKEYK TAYYORLASH JARAYONI


      1. Tuxum ko’pik paydo bo’lguncha tuz bilan ko’pirtiriladi.
      2. Stakan sut solinadi va yaxshilab ko’pirtiriladi. Asta sekin un sepib boriladi, paydo bo’lgan tugunlar (komok) aralashtirib eziladi.
      3. Qolgan sut va unni qo’shib, shu harakat yana qaytariladi.
      4. Eritilgan aralashmali o’simlik yog’ini ichiga quyiladi.
      5. Past olovda qovuriladi. Pufaklar paydo bo’lishi bilan orqa tarafiga aylantirilib va yana 20 soniya qovuriladi.
Read more
оладьи из кабачков домашний рецепт

Kabachkali oladyalar

Quymoq – rus oshxonasining eng qadimgi taomlaridan biri. Bu taom haqida juda ham ko’p maqollar bor. Blinlardan quymoq shakli va tarkibi bilan ajraladi: ko’tarilish uchun unga xamirturush, kefir yoki qatiq solidan va quyuq smetanadak quyulmagunch aralishtirishadi. Quymoqni tovada yog’ bilan qovurishadi.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Kabachkalar (qovoqning kichkina turi)400 gr.
Bug’doy uni120 gr.
Eritilgan aralashmali o’simlik yog’i40 gr.
Tuxum2 dona
Tuzta’bga qarab

OLADYALARNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. Kabachokni terisidan tozalash, bo’yiga kesish va donidan tozalash kerak bo’ladi. O’rtacha  tyorkada ishqalab yoki go’sht tozalagichdan o’tkazish kerak bo’ladi. Maydalangan kabachkilarni un, tuhum va tuz bilan aralishtirilsin.
    2. Tayyor bo’lgan aralashmani qoshiq bilan yaxshilab qiztirib olingan tovaga solib va ikki tomonlama qovurib olish kerak bo’ladi.
Read more
пирог из слоеного теста

Qatlama xamirdan nokli pirog

Qatlama xamirdan pirog – bu tayyorlanish jihatidan injiqroq pishiriq bo’lsa ham, lekin agar u sifatli masallig’lardan tayyorlansa ajoyib shirinlik sifatida taqdim etilishi mumkin. Mevalardan, go’shtdan, pishloq va shirinlik solingan xamirdan tayyorlangan piroglar bayram stollari uchun aynan mosdir. Xamirdan piroglarni tayyorlash uchun ko’p vaqt talab qilinmaydi va undan tashqari ularni tayyorlash juda oson, shu sababli ular oshxonada ko’p qolishni xush ko’rmaydiganlar  orasida mashxurdir.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Qatlama xamir500 gr.
 
Shakar120 gr.
 
Nok2 dona
 
Maydalangan kardomonta’bga qarab
 
Oleo qatlama hamir uchun margarini 72%30 gr.
 

PIROGNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. Nokni 4 qismga kesib, terisi va donlarini olib tashlaymiz.
    2. 20 sm ga ega bo’lgan tovada shakarni eritib olamiz. So’ng, shakar qo’shib uni ham eritib olamiz. Karamelni er qandili bilan sepib chiqamiz.
    3. Tovani olovdan olamiz va aylanasiga nokni joylashtirib chiqamiz.
    4. Ustiga dumaloq xamir qavati bilan qoplaymiz. Biroz bo’rtib chiqishi uchun xamirning chetlari kirgizib chiqilishi kerak bo’ladi.
    5. Bug’ chiqishi uchun o’rtasidan kichik teshikcha ochamiz.
    6. Xamir pishish jarayonida ko’tarilib ketmasligi uchun sanchqi bilan ustki qismini teshib chiqamiz.
    7. 200 daraja haroratigacha qizdirilgan o’choqga joylashtiramiz. Pishishni boshlagan vaqtidan 10 daqiqa keyin, o’choq haroratini 180 darajaga pasaytiramiz. Usti qizarishiga qadar pishiramiz.
    8. Tayyor bo’lgan pirogni likopcha ustiga teskari qo’yamiz.
    9. Pirogni mevalar, miyata barglari yoki shakar kukuni bilan bezatish mumkin. Mevali murabbo bilan stolga tortishingiz mumkin, pirog tayyor.
Read more
торт наполеон классический рецепт

Napoleon torti retsepti

Napoleon torti – kechki ovqatdan keying choyxo’rlik uchun ajoyib yechim.  Nonushtadagi choy yoki kofe bilan iste’mol qilingan bir bo’lagi esa tushlikkacha ochqash hissini keltirmaydi.  Kaloriyaliligiga qaramay bu disert juda ham nafis va totlidir.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Napoleon pirog uchun masalliqlar
Oleo qatlama hamir uchun margarini 72%300 ml.
 
Olma uksusi1 choy qoshiq
 
Tuxum2 dona
 
Suv200 ml.
 
Oleo Sutlio’simlikyog’i 82,5%200 gr.
 
Shakar1 stakan
 
Apelsin yog’i1 choy qoshiq
 
Sut1 stakan
 
Bug’doy uni3 stakan
 
Tuzta’bga ko’ra
 

TORTNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. Birinchi navbatda bug’doy uni va mayda bo’laklarga bo’lingan margarin qo’limiz yoki blender yordamida. Yoki margarinni maydalagichga quyib, keyin un va un bilan aralashtirib yuboring – eng muhimi, margarin eriy boshlaydi. Yoki margarinni tyorkadan o’tkazib maydalash mumkin, asosiysi margarinni erib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
    2. Un va margarin aralashmasida katta bo’lmagan chuqurcha hosil qilamiz. Stakan olib bitta tuxum, uksus va tuzni aralashtirib yuboramiz. Keyin stakanga to’lguncha suv solamiz. Stakandagi suyuqlikni xamir ichidagi chuqurchaga astalik bilan solamiz va xamir bilan aralashtiramiz.
    3. Xamir barchasini bir to’da qilib yig’ishtirib, stolga qo’yamiz. To’da xamirni teng 3 bo’lakka bo’lamiz, har bir bo’lakni plyonkaga o’rab xolodilnikka 30daqiqaga qo’yamiz.
    4. Kichikroq tovoqchada bir osh qoshiq un bilan shakar, tuxum va sut aralashtiramiz. Aralashmani olov qo’yamiz va quyuq holata kelguncha aralashtirib turamiz. Suyuqlikdan pufakchalar chiqib boshlagach olovdan olamiz sovishga qo’yamiz. Sovigan massaga yumshoqlashgan sariyog’, apelsin yog’i qo’shib yaxshilab urib aralashtiramiz.
    5. Sovutilgan xamirning har bir qismi o’z navbatida nozik bir qatlamga o’ralgan, pishirish tepsiga qo’yilgan, bir necha joylarda pichoq bilan teshilgan va pechda 15 daqiqa davomida 180 gradusgacha isitiladi. Xamirning qoqintiradigan qismidan ko’r-ko’rona yong’oqdan tortib tozalang va oxirgi marta pishiring. Bu pechene sug’orish uchun ishlatiladi.
    6. Sovutilgan xamirning har bir bo’lagi navbatma-navbat yupqa yoyiladi va duxovka patnisiga joylashtiriladi,  180 haroratgacha qizdirilgan pechkada 15 daqiqa davomida pishiriladi. Mayda bo’laklar ham birlashtirib yoyiladi, oxirida pishirib olinadi. Bu oxirgisi bo’laklanib tortni ustiga sepib chiqish uchun ishlatiladi.
    7. Birinchi qavatga krem suriladi, ustiga 2-bo’lak qo’yiladi va qo’l bilan bosiladi. 2-bo’lakka ham krem suriladi va ustidan bosiladi.
    8. Qatlamlar kremlangach pechenyeni mayda bo’laklarga kesib, tort yuzasiga sepib chiqamiz. Tayyor bo’lgan desertni xolodilnikka 1 soatga qo’yib olamiz, va u dasturxonga tortish uchun tayyor bo’ladi.
Read more
рецепт жареных пирожков на сковороде

Pirojka tayyorlash retsepti

Pirojka  xamiri  muvoffaqiyatli chiqishi uchun bir necha qoidalarni yodingizda saqlang: 1) Barcha kerak bo’ladigan masalliqlar bir xil haroratga ega bo’lishi kerak. Tuxum va saryog’ni oldindan muzlatkichdan olib qo’yishni unutmang. 2) Saryog’ni iloji boricha eritmang, yaxshisi yumshatganingiz ma’qul. Eritilgan saryog’ xamirni qattiq qilib qo’yadi. 3) Har doim xamirni qorib turing! Bu jarayon sizda qo’shimcha 5 daqiqa olishi mumkin, lekin pirojki ishib va do’mboq bo’lib chiqadi. 4) Pirojki yumshoq bo’lishi uchun unga bir qoshiqchada kraxmal qo’shing.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Pirojka uchun masalliqlar
Bug’doy uni600 gr.
 
Shakar100 gr.
 
Pishiriqlar uchun Oleo margarini 72%150 gr.
 
Smetana400 gr.
 
Osh sodasi10 gr.
 
Tuzbir chimdim
 

PIROJKA TAYYORLASH JARAYONI


    1. Yumshatilgan margarinni shakar bilan aralashtiring.  Tuxum solib, hammasini yaxshilab aralashtiring va ozgina tuz soling.
    2. Issiq sutda quruq xamirturushni eritib oling. Agar xamirturush quruq bo’lsa uni un bilan ham aralashtirib olish mumkin. Sutni margaringa qo’shib aralashriliradi va un sepib xamir qoriladi. Xamirning holatiga qarab ko’proq un yoki suyuqlik kerak bo’lishi mumkin.
    3. Tayyor xamirni poleitelin paketga solib 15-20 daqiqaga ko’tarilishi uchun o’rab qo’yiladi. Xamir ko’tarilgandan so’ng turli nachinkali pirojiki pishirish mumkin.
Read more
кекс на сметане рецепт с фото

Qaymoqli keks retsepti

Hozirgi kunda deyarli barcha xonadonlarda keks tayyorlashning o’z uslubi bor: kimdir kishmish va rezavorlar qo’shilgan balab ishib chiqgan keks tayyorlasa, kimdir kichkina shokoladli muffin tayyorlaydi. Bir so’z bilan aytganda, bugungi kunda mazali va ommabop disert hisoblanadi.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Keks uchun masalliqlar
Bug’doy uni2 stakan
 
Shakar1 stakan
 
Tuxum2 dona
 
Osh sodasi1/2 choy qoshiq
 
Qaymoq200 gr.
 
Pishiriqlar uchun Oleo margarini 72%200 gr.
 

KEKSNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. Margarinni eritib, sovishi uchun qoldiramiz. Unga smetana, 1 stakan shakar, 2 ta tuxum, uksusda o’ldirilgan yarim choy qoshiq osh sodasi, tuz va un solamiz. Bir xil tarkibga kelguncha aralashtiramiz. Xamirga mayiz va yong’oqlar ham qo’shish mumkin.
    2. Margarin surtilgan tovaga xamir yoyiladi va 180 gradusli pechda pishiriladi (pishganligini tekshirish uchun yog’och cho’pchadan foydalanish mumkin). Tayyor keksga shakar kukuni sepib dasturxonga tortiladi.
Read more
пирог с малиной рецепт с фото

Malinali pirog retsepti

Malinali pirog – bu hamma yoqtirgan yozgi pishiriqdir. Pishgan, xushbo’y hidli malina va yumshoq xamir malinali pirogning asosi bo’lib, pishiriq istalgan dasturxonni bezaydi. Yozda ayniqa pishiqchilik vaqtida malinali pirog har kunimizni shirin o’tishiga yordam beradi. Qip-qizarib pishgan mevalarni bandidan uzib, mazali pirog tayyorlaymiz.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Malinali pirog uchun masalliqlar
Bug’doy uni2,5 stakan
 
Shakar1,5 stakan
 
Tuxum3 dona
 
Osh sodasi1/2 choy qoshiq
 
Uksus1/2 choy qoshiq
 
Pishiriqlar uchun Oleo margarini 72%200 gr.
 
Yaxlatilgan malinalar400 gr.
 
Kartoshka kraxmali1 choy qoshiq
 

MALINALI PIROGNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. Tuxumni oqini sarig’idan ajratish kerak.
    2. Mikser yordamida xona haroratidagi bir quti margarinni, 2,5 stakan un va 3 ta tuxum sarig’ini yaxshilab aralashtiramiz. Xamirni cho’ziluvchan bo’lguncha arashtiriladi.  Tayyor bo’lgan xamirning 1/3 qismini muzlatgichga olib qo’yamiz.
    3. Malinalarni suvda yuvib tashlab tozalaymiz. So’ng yarim stakan shakar solib aralashtiramiz.
    4. Tovani moylab, xamirni joylashtiramiz.
    5. 3 ta tuxum oqini 1 stakan shakar bilan yaxshilab urib aralashtiramiz.
    6. Mevalarni joylashtiramiz va ustidan kraxmal sepamiz.
    7. Mevalarga oqsilli kremni qo’shamiz.
    8. Qolgan xamirni qirg’ichdan chiqaramiz va pirog ustiga sepamiz.
    9. Pishiriqni 180 gradus haroratda qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishiramiz.
Read more
медовый торт рецепт с фото

Asalli tort – Medovik

Asalli tort – nafis asal ta’mli uyda tayyorlanadigan tort.  Ko’pchilik bolalik chog’idan assali tortni yoqdiradi. Bu o’zining kam kaloriyalikligi va nafis asal ta’mi  bilan farq qiladi. Assali tortni tayyorlash qiyin jarayon hisoblanadi. Lekin, natijada bayram dasturxoni uchun karamelli va asalli zo’r diseret tayyor bo’ladi.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Tort uchun masalliqlar 
Bug’doy uni3 stakan
 
Shakar1 stakan
 
Tuxum3 dona
 
Quyultirilgan sut1 banka
 
Asal3 osh qoshiq
 
Pishiriqlar uchun Oleo margarini 72%200 gr.
 
Yong’oqta’bga ko’ra
 
Osh sodasi (gashennaya)2 choy qoshiq
 
Oleo Sutli o’simlikyog’i 82,5%180 gr.
 

MEDOVIKNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. 200gr margarinni eritib, 1 stakan shakar, 3 ta tuxum va 3 osh qoshiq asal bilan yaxshilab aralashtiriladi.
    2. Tayyor bo’lgan eritmani olovga qo’yib, kichik pufakchalar hosil bo’lguncha aralashtirib turiladi.
    3. Olovdan olinadi va 2 choy qoshiq o’ldirilgan osh sodasi solinadi.
    4. Yana olov ustida eritma ko’tarilgunga qadar qaynatiladi.
    5. Olovdan olib, 3 stakan un solinadi va xamir qoriladi. Tayyor bo’lgan xamirni 8 bo’lakka bo’lib, xamir sovub qolmasligi uchun  sochiq bilan yopib qo’yiladi.
    6. Xamirlarni yoyib, pechda 3-5 daqiqa mobaynida qizargunga qadar pishiriladi.
    7. Pishirib olingan xamirlar bir sjakilga keltiriladi va krem surtiladi (1 banka quyultirilgan sut va bir quti Oleo Sutli o’simlik yog’ixona haroratida aralashtiriladi).
    8. Ortib qolgan xamirni maydalab, tort ustiga va yonlariga sepib chiqiladi.
    9. Ta’bga qarab yong’oq kukuni ham sepish mumkin.
Read more

Tvorogli xamirdan tayyorlangan rogaliklar

Rogaliklar – yarim oy yoki shox shakliga mazali shirinliklardur. Bu qandolar mahsulotining asl vatani Fransiyadur. Meva nachinkali rogaliklar tayyorlash uchun oshirilgan xamirdan foydalangan ma’qul, chunki bunda ular shishib chiqadi, hamda mazali ta’m va chiroyli tus oladi. Murabbolik rogaliklar qaynoq qahva bilan nonushta uchun ajoyib tuhfa bo’ladi. Bayram dasturxoniga rogaliklarni qaymoq, murabbo va issiq shokolad bilan tortish urfga aylangan.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Rogalik uchun masalliqlar
Tvorog200 gr.
 
Bug’doy uni1,5 stakan
 
Uksus1/2 choy qoshig’i
 
Shakarta’bga qarab
 
Oshxona sodasi1/2 choy qoshig’i
 
Oleo qatlama hamir uchun margarini 72%200 gr.
 

ROGALIKNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. Tvorog, yumshatilgan margarin, un va sirkada o’ldirilgan osh sodasini qo’shib aralashtiriladi.
    2. Tayyor xamirni kichik koptokcha shaklida bo’laklarga bo’linadi. Koptokchalarni yupqa doira bo’lguncha  yoyiladi. Xamir ustiga shakar sepiladi va shakar xamirga singishi uchun o’qlov bilan yurgiziladi. So’ng, 8 bo’lakka bo’linadi va har bir bo’lak chekkasidan xamir o’rtasiga qarab o’rab chiqiladi.
    3. Tovaga terilib va qizib turgan pechga qo’yiladi.
Read more
Яндекс.Метрика