Pechenye – bu nozik, tez maydalanadigan katta-yu kichik birdek ho’sh ko’radigan shirinlik. Bunday turdagi pishiriqni tayyorlash ancha oson, oila a’zolari va mehmonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadi.
Pechenyening eng asosiy talabgorlari bu bolalardir. Shirinlik o’zingning xo’shtamligi va badga tegmasligi bilan qolgan turdagi qandolat mahsulotlaridan ajralib turadi. Pechenyelarni tayyorlash katta mahorat yoki ko’p vaqt talab etmaydi, ozgina qunt va harakat bo’lsa bas.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Pechenye uchun masalliqlar
Bug’doy uni2 stakan
 
Oleo sutli o’simlik yog’i 82,5%125 gr.
 
Shakar1 stakan
 
Vanilinta’bga qarab
 
Oshxona sodasi1/2 choy qoshiq
 
Tuxum1 dona
 

PECHENYE TAYYORLASH JARAYONI


    1. Saryog’ yumshatilinadi, tuxum, shakar va vanillin birga uriladi, so’ng saryog’ solib yaxshilab aralashtiriladi va ustidan soda solingan suv qo’shiladi.
    2. Un qo’shilib qayishqoq holatga kelguncha xamir qoriladi.
    3. Xamirdan bir bo’lak olinib, undan turli shakldagi bo’laklar kesiladi.
    4. Kesilgan bo’laklar pech panosiga teriladi (patnosni moylash shart emas) va qizigan pechga solinadi. Pechenyelar tilla rang bo’lgunga qadar pishiriladi.