Pirojka  xamiri  muvoffaqiyatli chiqishi uchun bir necha qoidalarni yodingizda saqlang: 1) Barcha kerak bo’ladigan masalliqlar bir xil haroratga ega bo’lishi kerak. Tuxum va saryog’ni oldindan muzlatkichdan olib qo’yishni unutmang. 2) Saryog’ni iloji boricha eritmang, yaxshisi yumshatganingiz ma’qul. Eritilgan saryog’ xamirni qattiq qilib qo’yadi. 3) Har doim xamirni qorib turing! Bu jarayon sizda qo’shimcha 5 daqiqa olishi mumkin, lekin pirojki ishib va do’mboq bo’lib chiqadi. 4) Pirojki yumshoq bo’lishi uchun unga bir qoshiqchada kraxmal qo’shing.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Pirojka uchun masalliqlar
Bug’doy uni600 gr.
 
Shakar100 gr.
 
Pishiriqlar uchun Oleo margarini 72%150 gr.
 
Smetana400 gr.
 
Osh sodasi10 gr.
 
Tuzbir chimdim
 

PIROJKA TAYYORLASH JARAYONI


    1. Yumshatilgan margarinni shakar bilan aralashtiring.  Tuxum solib, hammasini yaxshilab aralashtiring va ozgina tuz soling.
    2. Issiq sutda quruq xamirturushni eritib oling. Agar xamirturush quruq bo’lsa uni un bilan ham aralashtirib olish mumkin. Sutni margaringa qo’shib aralashriliradi va un sepib xamir qoriladi. Xamirning holatiga qarab ko’proq un yoki suyuqlik kerak bo’lishi mumkin.
    3. Tayyor xamirni poleitelin paketga solib 15-20 daqiqaga ko’tarilishi uchun o’rab qo’yiladi. Xamir ko’tarilgandan so’ng turli nachinkali pirojiki pishirish mumkin.