Har qanday qandolat mahsulotini pirojniy deb atash mumkin. Bular qavatlari krem bilan qoplangan shirin tort, mayin tvorogli pirog, oddiy biskivit yoki ko’pchilik sevgan shokoladli “kartoshka” bo’lishi mumkin. Retseptlar juda ham ko’p va ularning hammasi turli xildir.
Masalan, “kartoshka” pirojniysini tayyorlash uchun pechda pishirish shart emas. Asosiy masalliqlar: pechenye ushoqlari, shakar, quyultirilgan sut, yong’oq va kakao kukuni. Kichik koptokchalar qiling va tayyorlangan pirojniyni muzlatkichda qoldiring. Qarabsizki, disert tayyor.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Pirojniy uchun masalliqlar
Pechenye800 gr.
 
Quyultirilgan sut2 konserva idishi
 
Oleo sutli o’simlik yog’i 82,5%100 gr.
 
Kakao kukuni50 gr.
 
Vanilin shakari10 gr.
 
Yong’oq75 gr.
 
Mayiz75 gr.
 

PIROJNIY TAYYORLASH JARAYONI


      1. Yong’oqni qo’lda maydalaymiz. Mayizni bug’da parlab, bir necha daqiqaga qoldiramiz. So’ng suvini to’kib tashlaymiz. Pechenyeni go’sht qiymalagichdan o’tkazamiz.
      2. Maydalaniladigan pechenyega vanillin shakarini, kakao, yong’oq va bug’langan mayizni qo’shamiz, Hammasini krem bilan yaxshilab aralashtiramiz.
      3. Tayyor bo’lgan mahsulotdan kichik bo’g’irsoqlar qilinadi va ta’abga qarab pechenye ushoqlari ustidan yurgizib olinadi.
      4. Tayyor pirojniyni tovaga solamiz va muzlatgichda bir necha soatga qoldiramiz.
      5. Krem uchun 2 bankadagi quyultirilgan sut 100 gram yumshatilgan sutli o’simlik yog’i bilan qoriladi.