Sutda qorilgan pankeyk — ajoyib ta’mga ega pishiriqlar, nonushta uchun ajoyib tanlov. Sut bilan pishiriladigan pankeyklar AQSH va Kanada davlatlarida juda mashhurdir. Pankeyklar sut, yog’ va tuxum asosida tayyorlangan suyuq xamirdan pishiriladi. Bu blinchiklarni tayyorlash uchun yog’ surutilgan tovadan foydalanishadi. Pankeyklarni ichiga murabbo, shokolad yoki mevalar solib pishirishingiz mumin, yoki uni to’yimliroq bo’lishini istasangiz, go’sht yoki pishloq solishingiz ham mumkin.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Pankeyk uchun masalliqlar
Sut2 stakan
Bug’doy uni2 stakan
Shakar2 osh qoshiq
Tuxum2 dona
Eritilgan aralashmali o’simlik yog’i100 gr.
Tuz1/4 choy qoshiq
Pishiriq kukuni (razrixlitel)2 choy qoshiq


PANKEYK TAYYORLASH JARAYONI


      1. Tuxum ko’pik paydo bo’lguncha tuz bilan ko’pirtiriladi.
      2. Stakan sut solinadi va yaxshilab ko’pirtiriladi. Asta sekin un sepib boriladi, paydo bo’lgan tugunlar (komok) aralashtirib eziladi.
      3. Qolgan sut va unni qo’shib, shu harakat yana qaytariladi.
      4. Eritilgan aralashmali o’simlik yog’ini ichiga quyiladi.
      5. Past olovda qovuriladi. Pufaklar paydo bo’lishi bilan orqa tarafiga aylantirilib va yana 20 soniya qovuriladi.