Turk paxlavasi – asal va xamirdan tayyorlanadigan va juda mashxur bo’lgan pishiriqdir. Paxlavani yupqa bo’lgan xamir qavatlaridan tayyorlashadi, unga yog’ surtib ustma ust joylashtirishadi. Odatda, uni ichiga ziravorlar bilan aralishtirlgan va maydalangan yong’oq, asal yoki shakar siropini solishadi. Paxlavani turli shakllarda pishirish mumkin: to’rtburchak, dumaloq yoki kvadrat. Paxlava tayyorlanishi uchun ko’p vaqt talab qilinadi, lekin ajoyib ma’zaga ega bo’lishi uchun xarakat qilinishiga arziydi.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Paxlava uchun masalliqlar
Bug’doy uni4 stakan
 
Sut1 choy qoshiq
 
Tuxum4 dona
 
Tuzta’bga ko’ra
 
Eritilgan aralashmali o’simlik yog’i150 gr.
 
Xamirturush20 gr.
 
Yong’oq3 stakan
 
Shakar pudrasi2 stakan
 
Vanilinbir chimdim
 
Shafranbir chimdim
 

PAXLAVANI TAYYORLASH JARAYONI


      1. Sut isitiladi. Xamirturush aralashtirib eritiladi va 2 dona tuxum, eritilgan aralashmali o’simlik yog’ining yarmi, tuz va shafran qo’shiladi. Hamma massallig’larni yaxshilab aralashtirib, un solinadi va xamir qoriladi. Bir yoki bir yarim soatga qo’yib qo’yiladi. So’ng, xamir 12 bo’lakga bo’linadi, 2 bo’lagi qolganlaridan kattaroq bo’lishi kerak.
      2. Yong’oqlarni go’sht maydalagichdan o’tkazib, stakandagi shakar kukuni, vanilin va shafran bilan aralashtiriladi.
      3. Katta bo’laklarni birin iyarim millimeter qalinlikga yoyib, baland tovaga qo’yish kerak va ustiga eritilgan aralashmali o’simlik yog’i surtish kerak. Yanabir bo’lak xamirni ham yoyib, eritilgan aralashmali o’simlik yog’i surtib, ustiga 3-4 millimetr to’lgazgich bilan qo’yib chiqish kerak, va so’nggi xamirgacha shu harakatni qaytarish kerak bo’ladi. Ikkinchi kattaroq xamir oxirida eng ustiga qo’yilishi kerak bo’ladi.
      4. So’ng, paxlavani 10×4 smga ega bo’lgan romb shaklida kesib chiqish kerak bo’ladi. Ularning xar birini o’rtasiga tuxum sarig’ini surtish va yong’oq yoki bodom qo’yib chiqish kerak. 40-45 daqiqa mobaynida 180-200 daraja bo’lgan haroratda pishirish lozim. Bu vaqtda bir stakan qaynoq suv va 1 stakan shakar kukunidan sirop tayyorlab olinadi. Qaynoq siropni tayyor bo’lan paxlavani ustiga qo’yish kerak va o’choqga yana 7 daqiqaga qo’yish kerak.