Rogaliklar – yarim oy yoki shox shakliga mazali shirinliklardur. Bu qandolar mahsulotining asl vatani Fransiyadur. Meva nachinkali rogaliklar tayyorlash uchun oshirilgan xamirdan foydalangan ma’qul, chunki bunda ular shishib chiqadi, hamda mazali ta’m va chiroyli tus oladi. Murabbolik rogaliklar qaynoq qahva bilan nonushta uchun ajoyib tuhfa bo’ladi. Bayram dasturxoniga rogaliklarni qaymoq, murabbo va issiq shokolad bilan tortish urfga aylangan.

KERAK BO’LADIGAN MASALLIQLAR

Rogalik uchun masalliqlar
Tvorog200 gr.
 
Bug’doy uni1,5 stakan
 
Uksus1/2 choy qoshig’i
 
Shakarta’bga qarab
 
Oshxona sodasi1/2 choy qoshig’i
 
Oleo qatlama hamir uchun margarini 72%200 gr.
 

ROGALIKNI TAYYORLASH JARAYONI


    1. Tvorog, yumshatilgan margarin, un va sirkada o’ldirilgan osh sodasini qo’shib aralashtiriladi.
    2. Tayyor xamirni kichik koptokcha shaklida bo’laklarga bo’linadi. Koptokchalarni yupqa doira bo’lguncha  yoyiladi. Xamir ustiga shakar sepiladi va shakar xamirga singishi uchun o’qlov bilan yurgiziladi. So’ng, 8 bo’lakka bo’linadi va har bir bo’lak chekkasidan xamir o’rtasiga qarab o’rab chiqiladi.
    3. Tovaga terilib va qizib turgan pechga qo’yiladi.